“Real” hujumni kuchaytiradi
“Sassuolo” hujumchisi Jeremi Boga “Real”ning nishoniga tushdi.
“Qirollik klubi” moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, transferi qimmat bo‘lmagan futbolchilarni olishni rejalashtirmoqda. Xususan, 23 yoshli frantsiyalik hujumchining transfer summasi 27 million evroga baholanayotgani madridliklarga ma’qul kelyapti.
Jeremi Boga “Sassuolo” tarkibida 2018 yildan buyon to‘p surmoqda. Shu paytga qadar, mohir hujumchi A Seriyada 67 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 15 marta ishg‘ol qildi va ettita golli pas uzatdi.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar