
"Real" Ikardining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan qiziqish bildirmoqda. Madridliklar allaqachon uning agenti va xotini hisoblangan Vanda Nara bilan bu borada muzokaralar o‘tkazish uchun bog‘lanishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “neradzurrilar” shartnomani uzaytirishni xohlamayotgani uchun Ikardini sotib yubormoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar