“Real” ikkita sensatsion transfer tayyorlab qo‘ydi

  • 19 avgust, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari jamoaga kerakli futbolchilar transferini oldindan hal qilib qo‘yish odatini an’anaga aylantirib oldi.

Tecno

Ayni paytda klub rahbariyati kelasi yoz amalga oshiriladigan transferlar bo‘yicha ish olib bormoqda.

Todofichajes nashri jurnalistlarining ma’lum qilishicha, madridliklar 2025 yilning yozida “Liverpul”dan himoyachi Trent Aleksander-Arnold va “Inter”dan markaziy yarim himoyachi Nikolo Barellani olib kelmoqchi.

“Qirollik klubi” angliyalik himoyachini “Liverpul” bilan mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomani uzaytirmaslikka va Madridga erkin agent maqomida kelishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.

Barella uchun madridliklar yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘r keladi. Milanliklar bilan hamkorligi yana besh yil davom etigi belgilangan yarim himoyachi 80 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!