"Real" iqtidorli futbolchi uchun 100 million evro to‘lashi kerak
Leni Yoro "Real"ga o‘tmoqchi.
18 yoshli himoyachiga Evropaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Uning o‘zi "Real"ga o‘tish variantini afzal ko‘rmoqda, deya xabar berdi "Marca". Qayd etilishicha, frantsuz klubi har qanday holatda ham uni PSJga sotish niyatida emas.
Ayni dam "Lill" Yoroning transferi uchun 100 million evro talab qilyapti. "Real" futbolchining shartnomasi 2025 yilda tugashini hisobga olib, bu summani juda yuqori, deb baholamoqda.
Liga 1'ning joriy mavsumida Yoro 23 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar