“Real” katta yo‘qotishga uchraganini ma’lum qildi

  • 13.09.2025 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali jamoa germaniyalik etakchi himoyachisi Antonio Ryudiger salomatligiga oid xabarni e’lon qildi.

- Klub tibbiy xizmati vakillari tomonidan Antonio Ryudiger tekshiruvdan o‘tkazilganida chap oyoq son qismi mushaklaridan jarohat olgani tasdiqlandi. Endi voqealar rivojini kuzatamiz, - deyiladi klub bayonotida.

Taniqli jurnalist Aranchi Rodriges 32 yoshli markaziy himoyachiga jarohatidan to‘liq tuzalish uchun uch oy vaqt kerak bo‘lishini ta’kidladi.

Antonio Ryudiger o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 55 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Germaniyalik charm to‘p ustasining “Qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar Ryudiger bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!