"Real" ketkazib yuborgan futbolchi Messining rekordini urdi
«Fiorentina» Madridning «Real» klubidan ijaraga olgan hujumkor futbolchi Franko Mastantuono A Seriyadagi «Venetsiya»ga qarshi bahsda (4:2) uchta gol urib, o‘yin qahramoniga aylandi.
19 yoshli argentinalik futbolchi raqib darvozasini 29-, 30- va 84-daqiqalarda ishg‘ol etdi. ESPN xabariga ko‘ra, shu tariqa Mastantuono Lionel Messiga tegishli rekordni yangilab, Evropaning besh yetakchi chempionati doirasida xet-trik qayd etgan eng yosh argentinalik futbolchiga aylandi.
«Fiorentina» Franko Mastantuononi avgust oyi boshida «Real»dan mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi. Shu paytgacha argentinalik iqtidor egasi bu jamoa tarkibida maydonga tushgan avvalgi to‘rtta uchrashuvda o‘zini ko‘rsata olmagan edi.

Fikrlar