"Real" Kovachichning xizmatlarini 2ta grand klubga taklif qildi

  • 26 mart, 2019, 14:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yozda o‘zining xorvatiyalik yarim himoyachisi Mateo Kovachichni transferga qo‘ymoqchi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “qirollik klubi” 24 yoshli futbolchining xizmatlarini “Bavariya” va “Inter” jamoalariga taklif qilgan.

Eslatib o‘tish lozimki, Kovachich joriy mavsumni ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazmoqda. Biroq, “aristokratlar” FIFA tomonidan qo‘yilgan transfer ta’qiqi sabab uni sotib olisholmaydi.

Ma’lumot uchun, Kovachich joriy mavsum “Chelsi” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!