"Real" La Liganing o‘zidan yosh himoyachi topdi

  • 22.02.2025 15:33
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol

"Valensiya" markaziy himoyachisi Kristian Moskera faoliyatini Ispaniya superklubida davom ettirishi mumkin.

"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi" yozgi transferlar oynasida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Moskeraning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda. Himoyachining "ko‘rshapalaklar" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida Kristian 23 ta bahsda maydonga tushdi. Mazkur bellashuvlarda himoyachi bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
22/02/2025 16:05
Ранги тогри келиши аник. )