"Real" "Liverpul" forvardiga qiziqishni boshladi!

  • 01.04.2026 13:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Ugo Ekitikeni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. "Teamtalk" xabariga koʻra, ayni paytda "Liverpul" sharafini himoya qilayotgan forvard "qaymoqranglilar"ning qiziqish doirasiga tushgan.

Manbaga koʻra, "Real" klubi futbolchining Bundesligadan APLga koʻchib oʻtganidan keyingi oʻyinlarini diqqat bilan kuzatib kelmoqda. 23 yoshli hujumchining bozordagi bahosi 90 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ekitike va "Liverpul" oʻrtasidagi amaldagi shartnoma 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar moʻljallangan.

Joriy mavsum Angliya chempionatida Ugo Ekitike 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!