"Real" "Liverpul" futbolchisidan voz kechdi

  • 15.01.2026 23:22
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Qishgi transferlar bozorida "Real" Konateni sotib olmaydigan bo‘ldi.

Madridning "Real" klub "Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konateni sotib olmaydi. Xabarlarga ko‘ra, "qirollik klubi" fransiyalik futbolchini 20 million yevroga sotib olishni rejalashtirayotgan edi, biroq bu fikrdan qaytganini ma’lum qildi. "Qaymoqranglilar" Konatening ikkinchi davrdagi o‘yinini kuzatishni afzal ko‘rmoqda. Futbolchining mersisaydliklar bilan aiyaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Uning narxi 50 million yevroga baholangan.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli himoyachi joriy mavsumda umumiy 29 uchrashuvda maydonga tushib, bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!