“Real” “Liverpul” transferini barbod qilmoqchi
“Kristal Pэlas” klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi oʻz faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni koʻrib chiqmoqda va yozda boshqa jamoaga oʻtadi.
Shu bilan birga, uning uchun eng ustuvor yoʻnalish sifatida Madriddning “Real” klubiga koʻchib oʻtishi tilga olinmoqda.
TEAMtalk nashrining maʼlum qilishicha, Gexiga daʼvogarlik qilayotgan “Liverpul” madridliklarning aralashuvi oqibatida 2026 yilning yoziga moʻljallangan Gexi transferidan quruq qolishi mumkin.
Britaniya va Ispaniya OAV maʼlumotlariga koʻra, 25 yoshli futbolchi muzokaralarni faqat bitta klub bilan cheklab qoʻymagan va Evropaning yetakchi jamoalaridan tushayotgan takliflarni oʻrganmoqda.
AS nashri taʼkidlashicha, Gexining oʻzi “Real”ga oʻtish imkoniyatini ustuvor deb hisoblamoqda va aniq taklif boʻlgan taqdirda ispan klubini tanlashga tayyor.
Fikrlar