
"Real Madrid", "Barselona" va "Yuventus" Superligani qayta boshlamoqchi
Evropaning 3 ta gigant klubi Superliga deb nomlangan loyihani qayta boshlashga qaror qilishdi. 2021 yilning aprel oyidagi muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng bu loyiha to‘xtab qolgandi.
Ta’sischi klublar qatorida "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem", "Barselona", "Real", "Atletiko", "Yuventus", "Inter" va "Milan" kabi klublar bor edi. "The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, bu safar turnir tashkilotchilari boshqacha format taklif qilishmoqda.
Musobaqada 60-80 ta jamoa qatnashishi mumkin bo‘ladi, ular 4 divizionda joylashadi. Endi Superligadagi doimiy a’zolik bekor qilinadi va har bir klubga turnirda bir mavsumda kamida 14 ta o‘yin o‘tkazish kafolatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Superligani tashkil etish g‘oyasi "Real Madrid" prezidenti Florentino Peresga tegishli.
Fikrlar