"Real Madrid" Sebalos borasida bir qarorga keldi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Dani Sebalos bilan xayrlashish haqidagi fikrini o‘zgartirdi. Yarim himoyachi so‘nggi uchrashuvlarda o‘z o‘yini bilan yaxshi taassurot qoldirdi va "qaymoqranglilar" rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qilishga qaror qildi.
"Goal" nashrining xabar berishicha, yaqin orada tomonlar muzokara stoliga o‘tirishadi. "Real Madrid" va Sebalos o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli yarim himoyachi "qirollik klubi" safida 2022/2023 yilgi mavsumida umumiy 17 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar