"Real Madrid"ning ikki futbolchisi uchun mavsum yakunlandi!

  • 23.04.2026 16:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid"ning ikki futbolchisi Eder Militao va Arda Gyuler uchun mavsum yakunlandi. Bu haqida klubning matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ikkala futbolchi ham sonning orqa qismi mushagi (biceps femoris) jarohatini olgan. Shu sababli ularning joriy mavsumdagi qolgan uchrashuvlarda maydonga tushmasligi aniq bo‘lib ulgurgi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Militao va Gyuler reabilitatsiyaga e'tibor qaratib, asosiy maqsad sifatida 2026 yildagi Jahon chempionatiga tayyor bo‘lishni ko‘zlamoqda.

Ma'lumot o‘rnida, "qirollik klubi" Ispaniya La Ligasida 32 ta uchrashuvdan so‘ng 73 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" hisobida esa 82 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!