“Real”: Maqsad Rodri emas, undan zo‘r ikki o‘yinchi bor!

  • 30.03.2026 06:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi rahbariyati “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini sotib olish rejasini oʻzgartirdi.

Avvalroq, madridliklar “Oltin toʻp” sohibiga qiziqish bildirgan va ispan futbolchisining oʻzi ham yurtiга qaytish variantini  istisno qilmagan edi.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, Rodri “Qirollik klubi” maydon markazi uchun izlayotgan oʻyinchi profiliga toʻgʻri kelmaydi.

Kelasi yozda Rodri 30 yoshga toʻladi, “shaharliklar” esa uni 60 million evrodan arzonga sotmaydi.  

Sport.es  sayti xabariga koʻra, “Real” jamoaga koʻproq PSJ yarim himoyachisi Vitinьa mos keladi, deb hisoblaydi. Biroq portugaliyalik futbolchi Parij klubini tark etishni istamayapti. PSJ uning transferi uchun kamida €100 mln talab qiladi.

Shuningdek, “Real” parijliklar safida oʻynayotgan qanot himoyachisi Ashraf Hakimini qaytarishga ham qiziqmoqda. Biroq Vitinьa holatidagi kabi, parijliklar bu futbolchini ham qoʻyib yubormoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!