"Real" Marseloga o‘rinbosar topdi
Madridning "Real" klubi "Arsenal" himoyachisi Kiran Tirnining xizmatlariga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda El Espanol nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 24 yoshli shotlandiyalik futbolchini yozda shartnomasi yakunlanadigan braziliyalik himoyachi Marseloga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Kanonirlar" Tirnining transferini 32 million evroga baholamoqda.
Kiran joriy mavsum "Arsenal" safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar