"Real" mashg‘ulotlarni boshlaydi
"Real" klub bazasida 11 maydan mashg‘ulotlarni boshlaydi. "Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, aynan shu kuni futbolchi va hodimlari Valdebebasdagi klub qarorgohida yig‘iladi.
Xavfsizlikning oldini olish maqsadida futbolchilar dastlabki kunlarda oraliq masofa saqlaydilar. Ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi bois, La Liga bahslari ham to‘xtatib qo‘yilgan va qachondan davom ettirilishi noma’lum.

Fikrlar