"Real" Mbappe uchun 1 milliard sarflashga tayyor
Madridning "Real" klubi hali ham Kilian Mbappeni sotib olish niyatida.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" katta xarajatlarga qaramay, transferni amalga oshirishga tayyor. Transferning umumiy qiymati sotib olish harajatlari, futbolchining maoshi va bonuslar bilan 1 milliard evroga etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli forvard Frantsiya terma jamoasi bilan jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi va u 8 ta gol urib, mundial to‘puariga aylandi. Joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar