"Real" Mbappe uchun PSJga kamtarona taklif bilan chiqdi
Italiyalik agent Jovanni Brankini "Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqqanini aytdi.
"Endi hammasi PSJga bog‘liq. "Real" bir necha kun oldin Mbappe uchun 50 million evro taklif qilib qaytdi. Bu nima bilan tugashini bilmayman. Menimcha, Peresning bu harakatini diqqat bilan kuzatish kerak
Mbappe kabi futbolchi yozda tekinga ketsa, uyat bo‘ladi. Parijda bu haqda nima deb o‘ylashlarini bilmayman", - dedi Brankini "La Gazetta dello sport" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" yozda Mbappe uchun PSJga 180 million evro taklif qilgandi.

Fikrlar