"Real" Mbappe yoki Xolanddan qay birini afzal ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

  • 27 mart, 2021, 19:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolining kelajagi sifatida e’tirof etilayotgan Kilian Mbappe va Erling Xoland faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi barchani birdek qiziqtirmoqda.

Tecno

Ushbu ikki iste’dod uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan "Real" qaysi futbolchini afzal ko‘rishi ma’lum bo‘ldi. Dunyoga mashhur "Marca" nashrining ma’lum qilishicha, klubning aksariyat rahbarlari Mbappedan ko‘ra Xolandni afzal ko‘radi.

Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli Kilian joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 gol va 9 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Erling esa, 31 uchrashuvda 33 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Shuningdek, 20 yoshli forvard 8 marta sheriklari goliga hammualliflik qilgan.

"Transfermarkt" nashri frantsuzni 180 mln, norvegiyalikni 110 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!