"Real" Mbappega fantastik maosh to‘laydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Real" bilan kelishuvga erishdi. Frantsiyalik futbolchi yozda Madrid klubi safiga borib qo‘shiladi.
23 yoshli forvard "qaymoqranglilar" tarkibida yiliga 50 million evro maosh oladi. Shunday qilib, u dunyoda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Evropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Real" hamda PSJ to‘qnashuviga qadar bu haqda tomonlar rasmiy bayonot bermaydi.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 16 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar