“Real” Mbappega qaram bo‘lib qolgani xavotirga solmoqda

  • 01.12.2025 15:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Xorxe Valdanoning fikricha, joriy mavsumda jamoa Kilian Mbappega keragidan ortiq darajada bog‘lanib qolgan.

26 yoshli frantsiyalik hujumchi yakshanba kuni La Liga doirasida “Jirona”ga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yinda madridliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Mbappe raqib darvozasiga penaltidan gol urib, Ispaniya chempionati to‘purarlari poygasidagi etakchiligini mustahkamladi.

- “Real”ga shu savolni berishlari kerak: “Mbappesiz jamoa hozir qaerda bo‘lardi?”, - deydi Valdano Madrid Universal jurnalistlariga bergan intervvyusida.

Kilian Mbappe Xabi Alonso jamoasida muntazam to‘p kiritayotgan yagona o‘yinchi hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha turnirlardagi 19 o‘yinida 23 ta gol va 3 ta samarali uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!