“Real” Mbappega uni olish shartini aytdi

  • 22 oktabr, 2022, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Kilian Mbappe bo‘yicha qarashlarini o‘zgartirdi. Avvaliga klub xo‘jayinlari Mbappe yozda PSJni tanlagani uchun hech qachon Madridga taklif qilinmasligini ta’kidlagandi.

Tecno

Mbappening hozir Parij klubidagi vaziyat qiynamoqda va ketishi mumkinligi aytilyapti. Madridliklar bundan unumli foydalanib, uni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtira boshladi, - deb xabar tarqatdi L’Équipe nashri.

“Real” mutsaddilari Kilian Mbappe “Qirollik klubi”ga o‘tishi uchun o‘zini kamtarona tutishni o‘rganishi kerakligini talab qilmoqda. Uning PSJdagi hurmacha qiliqlari “Real”da o‘tmaydi.

Mbappega “Liverpul” va “ Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!