“Real” Mbappeni ko‘ndirgan summa oshkor bo‘ldi

  • 17.05.2022 13:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa matbuoti “Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirgani haqida yozmoqda. Mbappe PSJdan ketishini e’lon qilishi bilan, “Qirollik klubi” frantsiyalik hujumchining transferini rasman xabar qiladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Mbappe “Real” bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lgani uchun 40 million evro miqdorida bonus bilan taqdirlanadi.

Madridliklar futbolchiga 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzadi va yiliga 40 million evro maosh to‘laydi. Bu summaning 10 million evrosi bonus sifatida beriladi.

PSJ o‘z hujumchisiga yangi shartnoma uchun madridliklardan ko‘p bonus va kattaroq maosh taklif qilgan bo‘lsada, futbolchining tanlovt ular foydasiga bo‘lmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!