“Real” Mbappeni tuzoqqa tushirmoqchi

  • 09.07.2020 15:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati Kilian Mbappeni Madridga olib kelish uchun ayyorona usulni qo‘llamoqda.

PSJ yosh hujumchisini sotish niyatida emas. Qolaversa, jahon chempionining transferi 180 million evrodan baland turadi. “Real” hech qachon buncha pulga o‘yinchi olmaydi. Shuning uchun madridliklar Kilianning o‘zi bilan kelishib olishni ma’qul ko‘rmoqda.

Unga ko‘ra, Mbappe yana ikki yildan so‘ng shartnomasi yakunlanishi bilan “Real”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bersa, madridliklar unga 100 million evro miqdorida bonus beradi. Bu pulni olish uchun Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligi va boshqa klublar taklifiga ko‘nmasligi kerak.

Bundan tashqari, Mbappeda “Liverpul”ning o‘ta manfaatli taklifi bor. Inglizlar futbolchiga olti yillik shartnoma va bu muddat ichida 300 million evro maosh va’da qilmoqda.

21 yoshli futbolchi joriy mavsumda 33 ta o‘yinda, 30 ta gol urdi va 17 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!