“Real” Mbappening jarohati bo‘yicha bayonot e’lon qildi
Ispaniyaning "Real Madrid" klubi rasmiy saytida hujumchi Kilian Mbappening jarohati haqida ma'lumot e'lon qildi. Avvalroq Mbappe klub mavsumi yakuniga qadar maydonga tushmasligi mumkinligi xabar qilingan edi. Hujumchi Ispaniya chempionati 32-turidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi o‘yinining 81-daqiqasida almashtirildi (1:1).
"Bugun "Real Madrid"ning tibbiy xizmatlari tomonidan futbolchimiz Kilian Mbappega nisbatan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, unga chap oyog‘ining yarim pay mushagi jarohati tashxisi qo‘yilgan. Holat dinamika kuzatib boriladi", - deyiladi klub xabarida.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 27 yoshli Kilian Mbappe 28 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, Chempionlar ligasida 11 ta o‘yin, 15 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar