“Real” Mourin'oga shart qo'ydi
“Real Madrid” rahbariyati yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga yangi transferlar bo‘yicha shart qo‘ydi.
Portugaliyalik mutaxassis himoya va yarim himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishni istamoqda. Ammo klub rahbarlari avvalo amaldagi tarkibdan bir nechta futbolchini sotib, yangi o‘yinchilar uchun joy bo‘shatish lozimligini bildirishgan. Faqat shundan keyin yangi xaridlar amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Real” bu yozda allaqachon Denzel Dyumfris, Ibrohim Konate, Mark Kukurelya va Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olgan.
Shuningdek, Mourinyoning “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoniga ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Fikrlar