“Real” muhim qarorni e’lon qildi

  • 13 avgust, 2020, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati pandemiyaning klub moliyaviy imkoniyatlariga jiddiy zarar etkazganini inobatga olib, yozgi transferlar mavsumida yangi futbolchilarni sotib olmasligini va imkon qadar ijarada yurgan o‘z o‘yinchilarini ortga qaytarish orqali o‘yinni kuchaytirishga qaror qilganini bildirdi.

Tecno

Zinedin Zidan shogirdlarining Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng, jamoa bosh direktori Xose Anxel Sanches o‘yinchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Majlis davomida rahbariyat vakili jamoa o‘yinidan qoniqish hosil qilayotgani, lekin yangi futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirish imkoni yo‘qligini tan olgan. Darvozabon Alfons Areolaning ortga qaytarib yuborilganini ham mablag‘ yo‘qligi bilan izohlagan.

Ayni paytda Zinedin Zidan boshqa jamoalarga ijaraga berib yuborilgan Alvaro Odriosola, Martin Edegor va Dani Sebalosni ortga qaytardi va mavsumoldi yig‘inida ularning imkoniyatini sinab ko‘rishga qaror qildi.

Zidan “Arsenal”ni shokka tushirdi

“Real”ning rekordi yo‘q bo‘ladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!