"Real" mundial startiga qadar Asensio bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 7 noyabr, 2022, 13:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Marko Asensio bilan shartnomani Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 boshlanguniga qadar uzaytirmoqchi, deb xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati 26 yoshli futbolchiga 2,5 yillik shartnoma taklif qiladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda Asensio “Real” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga3 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot o‘rnida, 20 noyabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 musobaqasi boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!