"Real" muxlislari uchun xushxabar!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Marko Asensio tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi. 24 yoshli futbolchi o‘tgan yilning iyul oyida "International Champions Cup" turniri doirasida "Arsenal"ga qarshi (2:2, penaltilar seriyasida 3:2) bahsda jarohat olgan edi.

Avgust oyida jarrohlik stoliga yotgan ispaniyalik xavbek oradan 251 kun (8 oydan ko‘proq) o‘tib so‘ng safga qaytdi va hozir to‘laqonli mashg‘ulotlarga tayyor.

Ammo ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi bois Ispaniya La Ligasi to‘xtatib qo‘yilgan va madridliklar ham karantinga chiqishgan. Shu bois qachon mashg‘ulotlar davom ettirilsa, u ham o‘shanda safga qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!