"Real" muxlislari uchun qo‘shaloq xushxabar!
"Real"ning ikki etakchi futbolchisi – Serxio Ramos va Karim Benzema tez orada safga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik hujumchi bugun yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazgan. U 7 mart kuni “Atletiko”ga qarshi bo‘ladigan La Liganing 26-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Ramos ham, hozircha yakka tartibda shug‘ullanmoqda. U 16 mart kuni EChL 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinda “Real”ga yordam berishi mumkin.
33 yoshli Benzema joriy mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 17 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 34 yoshli Ramos esa, 18 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar