"Real" muxlislari xotirjam bo‘lishlari mumkin. Mbappe sotilmaydi!

  • 23.04.2020 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Frantsiya chempioni 21 yoshli frantsiyalik futbolchini har qanday mablag‘ evaziga ham sotmaydi va barcha takliflarni rad etadi. Aksincha, parijliklar, Mbappe bilan 2022 yilda nihoyasiga etadigan amaldagi shartnomani uzaytirishga urunishadi. Agar, bu urunishlar samara bermasa va shartnoma uzaytirilmasa, u holda futbolchi shartnomasi oxirigacha PSJda to‘p suradi.

Avvalroq, Mbappega “Real” jiddiy xaridor bo‘layotgani va uning uchun 300 million evrodan voz kechishga ham tayyor ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!