
"Real" myunxenliklarning "gapiga kirmadi"
Myunxenliklarning transfer huquqi “Real”ga tegishli bo‘lgan yaponiyalik hujumchi Takefusi Kuboni ijaraga olish bo‘yicha taklifi madridliklar tomonidan rad etildi.
O‘tgan yili “Tokio” klubidan olib kelingan futbolchi mavsum “Malorka”da o‘tkazib, o‘z salohiyatini ko‘rsata oldi. U jami 35 ta o‘yinda, to‘rtta gol urdi va beshta golli pas berdi.
“Real” rahbariyati “Bavariya”ning 4,5 million evrolik taklifini qabul qilmasdan, 19 yoshli futbolchini “Granada” yoki “Vilyarreal”da o‘ynatishni ma’qul ko‘rmoqda.
Kubo asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2011-2015 yillar davomida kataloniyaliklar akademiyasida shug‘ullangan.
Fikrlar