"Real" navbatdagi bahs oldidan bitta mashg‘ulot o‘tkazadi, sababi...

  • 12 may, 16:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"da Karlo Anchelotti bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bosh murabbiy yaqin kunlarda klubni tark etishi haqida ma’lum qiladi. Avvalroq, ishonchli manba Fabritsio Romano madridliklar Xabi Alonso bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandi.

Tecno

"Onda Madrid" jurnalisti Karlos Rodrigesning aytishicha, "Real" "Malorka"ga qarshi o‘yin oldidan faqatgina bitta mashg‘ulot o‘tkazadi. La Liga doirasidagi mazkur uchrashuv chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi, mashg‘ulot esa ertaga bo‘lib o‘tadi.

Mashg‘ulot va matbuot anjumanining aniq vaqti hali belgilanmagan. Ayni paytda klubdagilar Karlo Anchelotti bilan rasmiy xayrlashuv qachon o‘tkazilishini sinchkovlik bilan rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!