"Real" Neymar uchun rekord miqdorda mablag‘ taklif qilmoqchi

  • 08.03.2019 22:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yozda PSJ forvardi Neymarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun Parij grandiga 350 mln evro to‘lashga tayyor. “Real” vakillari futbolchining yaqinlari bilan bog‘lanishgan va o‘zlarining bu rejalarini ma’lum qilishgan. E’tiborlisi, madridliklar Neymarga yiliga 45 mln evro maosh va’da qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Neymar PSJ safiga 2017 yilning yozida 222 mln evro evaziga “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!