"Real" niderlandiyalik yosh iqtidorga ko‘z tikkan

  • 04.12.2022 09:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Jeremi Frimpong Ispaniya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

Defensa Central xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" futbolchi uchun kurashda etakchi bo‘lib turishibdi.

Avvalroq, matbuotda Jeremiga Evropaning yana ikki top klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. "Yuventus" va "Manchester Yunayted" niderlandiyalik futbolchi o‘yinlariga befarq emas.

Frimpong ayni dam Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Uning jamoasi chorak finalga yo‘l olgan bo‘lib, u erda Argentina bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!