"Real" nimalar qilmoqchiligini bilasizmi?

  • 5 iyun, 2022, 16:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid yozgi transferlar oynasida bir qator katta o‘zgarishlar amalga oshirish niyatida. Ma’lum bo‘lishicha, "qirollik klubi" yangi futbolchilar xaridi uchun 400 million evro sarflashga tayyor. 

"Goal.com" nashrining xabariga ko‘ra, jamoani katta maosh oluvchi bir qator o‘yinchilar tark etadi. Chempionlar ligasidagi g‘alabadan so‘ng ular 408 million evro atrofida transferlarga ajratishi mumkin.  

Bundan tashqari, "qirollik klubi" kelasi mavsum uchun futbolchilarga to‘lanadigan maoshlarni sezilarli darajada oshiradi. Bu mavsum uchun "qaymoqranglilar" 350 million evro maoshlar uchun 350 million evro sarflagan bo‘lsa, kelgusi mavsumda bu ko‘rsatkich 650 million evroga ko‘tarilishi mumkin.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!