“Real” ortidan “Barsa” ham Xolandni olmaydigan bo‘ldi

  • 03.04.2022 17:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati Erling Xoland ko‘p jarohat olayotgani bois uning transferidan voz kechishni o‘ylab turgan pallada “barselona” ham norvegiyalik to‘purarni olib kelmasligini haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Bu borada “Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘z qarashlarini ma’lum qildi.

- Men alohida o‘yinchilarni klubdan ustun qo‘ymayman. “Barselona” amaldagi maosh tizimimizni o‘zgartiradigan futbolchi bilan shartnoma imzolamaydi. Agar biz Xolandning agenti ilgari surayotgan talablarni qabul qilsak, jamoamizning o‘ziga xosligi yo‘qoladi, - dedi Joan Laporta Marca nashriga.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar harchand istamasin Erling Xoland talab qilayotgan maoshni to‘lay olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!