“Real” o‘ta qimmat o‘yinchini tekinga oladi

  • 7 dekabr, 2022, 19:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarkibini “Milan” hujumchisi Rafael Leau bilan kuchaytirmoqchi.

Madridliklar portugaliyalik hujumchini Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar sifatida tanladi.

Lekin “Qirollik klubi” milanliklar 23 yoshli to‘purarga qimmat narx qo‘ygan, deb hisoblamoqda.  

Sport.es nashri “Milan” iste’dodli hujumchini 150 million evroga baholayotganini ma’lum qildi. Leauning shartnomasi badal puli miqdori ham 200 million evro ekani ko‘rsatilgan.

“Real” rahbariyati Leauni milanliklar bilan yangi shartnoma tuzmaslikka va hozirgi kelishuvi tugashi bilan Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi. Rafaelning amaldagi kelishuvi 2024 yilning yozida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!