“Real” o‘yinchisi raqibga o‘tib ketmoqda
“Real” ga kerak bo‘lmay qolgan Isko faoliyatini Ispaniya chempionatining boshqa klubida davom ettirishni istayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, tajribali pleymeyker “Sevilya” safidan joy olmoqchi. Andalusiyaliklar Iskoga ikki yillik shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, tomonlar o‘zaro kelishuv orqali bitimni yana bir mavsum uzaytirishi mumkin.
Isko so‘nggi mavsumda asosiy tarkibga kira olmadi. U La Ligada atigi 14 marta maydonga tushib, bitta gol urdi xolos.
Bu futbolchiga "Roma" ham jiddiy qiziqish bildirgandi.



Fikrlar