"Real" o‘z darvozabonining xizmatlarini La Liga debyutantiga taklif qilmoqda

  • 01.08.2019 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin tez orada “Real”ni tark etadi. Bu haqda Fichajes nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu posonning xizmatlarini La Ligaga qaytgan “Malorka”ga uni ijaraga olishni taklif qilmoqda. Gap shundaki, Keylor Navas “Real”dan ketishni xohlamadi. Shu bois aynan kosta-rikalik futbolchi jamoaning asosiy darvozaboni hisoblangan Tibo Kurtuaga o‘rindosh sifatida to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Luninni bundan bir yil muqaddam “Zarya” klubidan 8,5 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsumni “Leganes” safida ijarada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!