"Real" pandemiya davrida 300 million evro yo‘qotdi, ammo...

  • 15.07.2021 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi 2020/21 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, madridliklar 2020 yil martidan buyon Covid-19 pandemiyasi tufayli 300 million evro yo‘qotgan.

Zararlarni kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirgandan so‘ng, “Real” 2020/21 moliyaviy yilni soliqlardan keyin 874 ming evro foyda bilan yopishga muvaffaq bo‘ldi (313 ming - 2019/20 yilgi mavsumda).

Shunday qilib, "qirollik klubi" Evropaning shu vaqt ichida yo‘qotishlarga duch kelmagan kam sonli top-klublaridan biriga aylandi. UEFA tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 2019-2021 yillarda Evropa klublari 6 milliard evroga yaqin zarar ko‘rgan.

"Real" maoshlarni 58 million evroga, operatsion xarajatlarni 62 millionga qisqartirdi, sotishlar va futbolchilarning ketishi tufayli 175 million evro ishlab oldi.

Klubning sof qarzi 240 million evrodan 46 million evrogacha kamaydi. 2021 yilning 30 iyun holatiga “Real”ning kapitali 524 million evro, shaxsiy pul aylanmasi esa 122 milliong evro teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!