“Real” prezidenti Neymar ishi bo‘yicha sudga chaqirtirildi

  • 4 avgust, 2022, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” prezidenti Florentino Peres “Barselona”ning sobiq rahbari Sandro Rosselga qarshi sudda guvohlik beradigan bo‘ldi.

Tecno

Manbalarning  ta’kidlashicha, Rossel braziliyalik futbolchi Neymar bilan shartnoma tuzishda korruptsiya va firibgarlikka yo‘l qo‘ygan. Madrid klubi xo‘jayini Florentina Peres esa sobiq hamkasbiga qarshi guvohlik beradigan 18 kishidan biridir.

Sud mahkamasi 17 oktyabr kuni Barselonada boshlanadi. Pres 18 oktyabrga chaqirtirilgan.

Prokuratura organlari Rosselga besh yillik qamoq jazosi va 10 million evro miqdorida jarima talab qilyapti. Shuningdek, Neymarning o‘zi ham ikki yillik qamoq va 10 million evro jarima solinishi taklif qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!