"Real" prezidenti yangi lavozimga tayinlandi

  • 16 noyabr, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jahon futbol assotsiatsiyasi boshqaruini qo‘lga oldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ushbu tashkilot klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kelajagi borasidagi savollar bilan shug‘ullanadi.

Ta’kidlash kerakki, tashkilot yig‘ilishida "Real", "Milan", "Boka Xuniors", "River Pleyt", "Amerika" (Meksika), "Oklend" (Yangi Zelandiya), "Guanchjou Evergrand" (Xitoy) va "Mazembe" (Kongo) kabi klublar delegatsiyalari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, “Real” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa hisoblanadi. Ular jami 4 marta ushbu musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!