"Real" qachon Mbappe uchun taklif yubormoqchi?
Ushbu yozning yana bir shov-shuvli transferlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan Kilian Mbappening kelajagi biroz so‘roq ostida qolmoqda. Uning maqsadi klubda qolib, keyingi yozda PSJni tark etish edi. Ammo rahbariyat bunga qarshi.
Mbappe uchun kurashda favorit "Real" bo‘lib turibdi. Madridliklar 24 yoshli hujumchi uchun ushbu hafta taklif bilan chiqishi mumkin, deya xabar bermoqda "Diario Sport" nashri. Sababi, madridliklar La Liga boshlangunga qadar futbolchining qolish-qolmasligini bilishi kerak.
Kilian uchun "Al-Hilol" ham rasmiy taklif yuborgan. Saudiya klubi unga 700 million evroli maosh bermoqchi. Ammo frantsuz buni rad qildi.

Fikrlar