“Real” qidirganini topdi

  • 18.09.2022 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Football Insider nashri “Qirollik klubi” rahbariyati “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatdi.

Madridliklar 27 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun PSJ va “Chelsi” singari badavlat raqobatchilar bilan kurashishga tayyor.

Slovakiyalik markaziy himoyachi “Jilina” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016 yildan biri A Seriyada to‘p tepmoqda. Avvaliga “Sampdoriya” sharafni himoya qilgan Milan 2017 yili “Inter”ga ko‘chib o‘tgandi.

Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Shkrinyar Slovakiya terma jamoasida 54 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchta gol ham yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!