“Real” qimmatbaho futbolchi oladi

  • 20 fevral, 2021, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” rahbariyati Serxio Ramos va Rafael Varanning ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Madridliklar himoya markaziga “Vilyarreal” etakchisi Pau Torresni olib kelishga qaror qilgan. Buning uchun “Qirollik klub” 65 million evro miqdoridagi mablag‘dan voz kechishga tayyor.

Ma’lumki, Serxio Ramos yangi shartnomani qabul qilmadi. Varan esa, kuchini boshqa jamoalarda sinab ko‘rmoqchi va yozda klubni tark etadi.

Zinedin Zidan jamoasi rahbarlari yozda bir necha himoyachini xarid qilishni mo‘ljallamoqda. Biroq, Pau Torres madridliklarning asosiy transfer nishoni bo‘lib qolaveradi. Shu o‘rinda, “Real” ro‘yxatida David Alaba, Kalidu Kulibali va Jyul Kunde singari futbolchilar nomi qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!