“Real” rahbarlari 200 million uxlatgani fosh bo‘ldi

  • 23.02.2021 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati klubning imij huquqini sotishda 200 million evro miqdoridagi mablag‘ni firibgarlik bilan yashirishda gumon qilinmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” mutasaddilari 2016 yilda “Real”ning imij huquqlarini internetda sotish bo‘yicha AQShning Providence investitsion fondi bilan muzokara olib borgan. Tomonlar bir yildan so‘ng, to‘rt yilga mo‘ljallangan 200 million evrolik hamkorlik shartnomasini imzolagan. Ushbu mablag‘ “Santyago Bernabeu” arenasining rekonstruktsiyasiga sarflanishi ko‘zda tutilgan edi.

Keyinroq aniqlanishicha, madridliklar Kayman orollarida joylashgan fondga qarashli ikkita kompaniya bilan ham bitim tuzgan. 2017 yilda tashkil qilingan bu firmalar 20 million evro miqdoridagi boshlang‘ich kapitalga ega bo‘lgan. Shu tariqa, “Real” Ispaniyadagi soliqlardan pul yashirgan. Madridliklarning bu harakatlari firibgarlik, deb baholandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!