"Real" Ramosga "Sevilya"dan o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 11.02.2021 17:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" "Sevilya"ning asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan Diego Karlosga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Qirollik klubi” 27 yoshli braziliyalik futbolchini yozda shartnomasi yakunlanadigan Serxio Ramos o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

“Sevilya” Karlosni 2019 yilning yozida “Nant” klubidan xarid qilgan edi. U joriy mavsum andalusiyaliklar safida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt.com sayti talqiniga ko‘ra, Diegoning hozirgi transfer narxi 50 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!