“Real” Ramossiz o‘ynay olmas ekan

  • 22.10.2020 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Zinedin Zidan shogirdlari Chempionlar ligasining ilk uchrashuvida Donetskning “Shaxtyor” jamoasini qabul qilib 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Madridliklar sardori Serxio Ramosning jarohat tufayli o‘yinni o‘tkazib, yuborgan “Real”ga qimmatga tushdi.

Eng qizig‘i, “Real” jamoasi Chempionlar ligasi doirasida Ramos maydonga tushmagan 8 ta uchrashuvdan ettitasida mag‘lub bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Futbol jamoaviy o‘yin, lekin ba’zan bir futbolchi uddalagan ishni, butun bir tarkib qila olmasligi ham mumkin ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!